Kassa, inventar, xodimlar, tahlil — bir joyda. Brauzerda ishlaydi, hech narsa o'rnatish shart emas. 5 daqiqada boshlang.
Har bir do'kon turi o'ziga xos ishlaydi. Shuning uchun har biriga alohida moslashtirilgan dvigatel qurmoqdamiz. Oziq-ovqat allaqachon ishlayapti — qolganlari yo'lda.
Tovarga bosing — savatga tushadi. Keyin «To'lash»ni bosing va kassa qanday ishlashini his qiling.
Savdoingizni boshqarish uchun kerak bo'lgan hamma narsa
Shtrixkod yoki qidirish. Naqd, karta, o'tkazma. Chegirma va qaytarish — bir teginishda.
Tovarlar, narxlar, shtrixkodlar. Excel orqali yuzlab mahsulotni bir zumda yuklang.
30 kunlik grafik, tushum/foyda trendi, top tovarlar, to'lov usullari taqsimoti.
Egasi, admin, kassir, buxgalter — har biriga alohida ruxsat va ko'rish darajasi.
Bir akkaunt ostida cheksiz do'konlar. Har biri uchun alohida hisobot va inventar.
Tovarlarni Excel dan yuklang. Zakup ro'yxatini, hisobotni yuklab oling.
Haqiqiy ish jarayonini kuzating — kassa, tahlil, inventar
Har bir fikr — haqiqiy do'kondordan
“Avval har kuni Excel da hisoblab, vaqt yo'qotardim. Endi telefonda bir qarasam bo'ldi — bugungi tushum, foyda hammasi ko'rinadi.”
“Xodimlarim ham tez o'rgandi. Shtrixkod bilan sotish judayam qulay — xato kamaydi, kassadagi naqd pul ham to'g'ri chiqadi.”
“3 ta do'konim bor, hammasi bir akkauntda ko'rinadi. Qaysi filial yaxshi ishlayotganini taqqoslash — bu menga judayam kerak edi.”
Yashirin to'lovlar yo'q. Istalgan vaqt bekor qilish mumkin.
Kichik do'kon yoki sinab ko'rish uchun
Faol do'kon va tarmoqlar uchun
Yo'q. Bepul tarifni boshlash uchun hech qanday to'lov ma'lumoti kerak emas.
Cheksiz. Bepul tarifda ham tovarlar soni cheklanmagan. Excel orqali yuzlab tovarni bir zumda yuklash mumkin.
Hozircha internet kerak. Oflayn rejim keyingi versiyada rejalashtirilgan.
Ha. Bitta akkaunt bilan bir vaqtda kassir kompyuterda, egasi telefonida ishlashi mumkin.
Ha. Barcha ma'lumotlar shifrlangan holda saqlanadi. Har kuni avtomatik zaxira nusxasi olinadi.
Bepul tarifda 1 ta do'kon va 3 ta xodim. Pro tarifda filiallar cheksiz, Excel eksport va zakup ro'yxati qo'shiladi.
Ro'yxatdan o'ting, tovarlarni yuklang — va birinchi chekni bosib chiqaring.
Bepul ro'yxatdan o'tish →